Foydalanuvchi:Khayrullakhan/Tahlil markaz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tahlil markaz yoki siyosat instituti ijtimoiy siyosat, siyosiy strategiya, iqtisod, harbiy qudrat, texnologiya hamda madaniyat kabi mavzularda tadqiqot va izlanishlar olib boruvchi tadqiqot institutidir. Ko'plab tahlil markazlari nohukumat tashkilotlardir, lekin ayrimlari hukumatdagi yarim avtonom idoralar yoki muayyan siyosiy partiyalar, biznes yoki harbiy qismlar bilan bog'langan.[1] Tahlil markazlarini moliyalashtirish ishlarida boy-badavlat yoki unchalik boy bo'lmagan insonlar xayriya orqali jonbozlik ko'rsatishadi, ko'p hollarda hukumat ajratadigan grantlar orqali ham faoliyat yuritadi .[2]
Tahlil markazlari turli xil sohaga oid ilmiy maqolalar va tadqiqotlar e'lon qilishadi, hattoki siyosat yoki jamiyatning muayyan masalalari bo'yicha qonun loyihalarini ishlab chiqadi. Keyinchalik ushbubu ma'lumotlar hukumatlar, korxonalar, ommaviy axborot vositalari, milliy harakatlar yoki boshqa manfaatdor tuzilmalar tomonidan foydalaniladi.[3][4] Tahlil markazlaridagi ilmiy tadqiqotlar yuqori darajadagi ilmiy yoki ilmiy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan sohalardan tortib, ochiq, mafkuraviy bo'lgan yoki siyosiy faoliyatgacha bo'lgan izlanishlar bo'yicha keng bo'lgan sohalarni qamrab oladi. Hozirgi avlod tahlil markazlari ko'proq mafkuraviy izlanishlarga yo'naltirilmoqda.[3] Zamonaviy tahlil markazlarining faoliyati 19-asrda va 20-asr boshlarida Buyuk Britaniyada fenomen sifatida boshlangan, qolganlarning ko'pchiligi boshqa ingliz tilida so'zlashuvchi davlatlardada tashkil etilgan.[3][5] 1945-yilgacha bo'lgan davrda ular sanoatlashtirish va urbanizatsiya bilan bog'liq iqtisodiy masalalarga asosiy e'tiborni qaratishgan. Sovuq urush davrida ko'plab Amerika va boshqa G'arb davlatlarida tahlil markazlari tashkil etilgan bo'lib, ular ko'pincha hukumatning Sovuq urush bilan bog'liq siyosatini boshqargan.[3][6][4] 1991-yildan boshlab dunyoning g'arbdan boshqa hududlarida ko'plab tahlil markazlari tashkil etildi. Bugungi kundagi mavjud tahlil markazlarining yarmidan ko'pi 1980-yildan keyin tashkil etilganlarning ulushiga to'g'ri keladi. [5]