Goʻri Amir
From Wikipedia, the free encyclopedia
Goʻri Amir yoki Amir Temur maqbarasi (15-asr boshi – 1405-yil) – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Xalq orasida Goʻri Amir yoki Goʼri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, oʻgʻillari Umarshayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va boshqalar) dafn etilgan. Boburning taʼkidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qalʼasi yaqinida Toshqoʼrgʼon – tomonda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok boʼlgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon beradi. Maqbara Madrasa hovlisining toʻriga bunyod etilgan.
Qisqa faktlar Umumiy maʼlumot, Turi ...
Goʻri Amir | |
---|---|
Goʻri Amir saqlanib qolgan qismining umumiy koʻrinishi | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | xilxona |
Shahar | Samarqand |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi tugagan | 1405-yil |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, marmar, oniks |
Xarita | |
Goʻri Amir Vikiomborda |
Yopish