Uels malikasi Diananing oʻlimi
From Wikipedia, the free encyclopedia
1997-yil 31-avgust kuni erta tongda Uels malikasi Diana Fransiyaning Parij shahridagi Pont de l’Alma tunnelida avtohalokatda olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Diananing sherigi Dodi Fayed va Mercedes-Benz W140 S-Class haydovchisi Anri Pol voqea joyida halok bo‘lganligi maʼlum qilingan. Ularning qoʻriqchisi Trevor Ris-Jons ogʻir jarohatlangan, ammo halokatdan omon qolgan.
BBC xabariga koʻra, avtohalokatga mashina boshqaruvini yoʻqotish sabab boʻlganini daʼvo qilishgan[1]. 1999-yilda fransuz tekshiruvi Mercedes haydovchisi Pol alkogol hamda qabul qilgan dorilari taʼsirida yuqori tezlikda avtomobil boshqaruvini yoʻqotgan. U Ritz mehmonxonasida xavfsizlik boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanib, ular chiqishidan oldin mehmonxona tashqarisida Diana va Fayedni kutib turgan paparatsilarni haydagan. Uning qonidagi antidepressantlar va antipsikotiklar Polning mastligini oshirgan boʻlishi mumkin[2][3]. Baʼzi ommaviy axborot vositalarida Ris-Jons xavfsizlik kamarini taqqanligi sababli omon qolgani aytilgan, ammo boshqa tekshiruvlar natijasida mashinada oʻtirganlarning hech biri kamar taqmaganligi aniqlangan[4].
Diana vafot etganida 36 yoshda boʻlgan[5]. Uning oʻlimi Buyuk Britaniyada va butun dunyoda misli koʻrilmagan qaygʻuga sabab boʻlgan va uning dafn marosimini taxminan 2,5 milliard kishi tomosha qilgan. Qirollik oilasining Diananing oʻlimiga munosabat bildirgani matbuotda tanqidlarga uchragan. Jamiyatning Dianaga boʻlgan qiziqishi hali-hanuz yuqoriligicha qolmoqda va u oʻlimidan keyingi yillarda ham muntazam ravishda matbuotda yoritilib borilmoqda.