Arab xalifaligi dinori
From Wikipedia, the free encyclopedia
Arab xalifaligi dinori – oʻrta asr oltin tangasi boʻlib, 7-asr oxiridan XIII asr oʻrtalarida moʻgʻullar xalifalikni tugatgunga qadar Arab xalifaligi hududida pul birligi vazifasini bajargan. Xalifalik xarobalaridan vujudga kelgan musulmon davlatlari ham pul birligi sifatida dinor nomli oltin tangalardan foydalangan. Zamonaviy arab dunyosining koʻpgina mamlakatlarida, shuningdek, sobiq Yugoslaviyaning ayrim respublikalarida dinor hali ham pul birligi sifatida qoʻllanilmoqda.