Avstraliya Parlementi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Avstraliya Parlementi Hamdoʻstligining oliy qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. Ikki palatali boʻlgan Avstraliya parlamenti asosan Vestminster anʼanalaridan soʻng modellashtirilgan, garchi uning tuzilishi va funksiyalariga AQSh tajribasi (asosan, AQSh Kongressining tuzilishi) katta taʼsir koʻrsatgan. Avstraliya Konstitutsiyasining 1-bobining 1-qismiga koʻra, mamlakat parlamentiga Buyuk Britaniya qiroli, Senat va Vakillar palatasidan tashkil topgan.
Parlamentning quyi palatasi - Vakillar palatasi hozirda har biri alohida saylov okrugini ifodalovchi 150 nafar deputat tashil qiladi. Parlament aʼzolar birinchi boʻlib 1993-yilgi parlament saylovlari natijalariga koʻra palata 147 oʻringa, 1996-yilda 148 oʻringa, 2001-yilda esa 150 oʻringa ega boʻlgan. Palata deputatlari mutlaq koʻpchilikning majoritar saylov tizimi boʻyicha ikki partiyali imtiyozli (preferensial) ovoz berish yoʻli bilan 3-yil muddatga saylanadi.
Parlamentning yuqori palatasi Senat hisoblanadi sentada har bir shtatdan 12 tadan va har bir qitʼa hududidan 2 tadan 76 aʼzodan iborat boʻladi. Senatorlar proporsional saylov tizimi asosida saylanadi.