Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga hozirda (2021-yil oxirida) 193 ta aʼzo davlat kiradi. Janubiy Sudan BMTga 193-raqam bilan aʼzo boʻlgan oxirgi davlat boʻldi (2011-yil 14-iyul).
Xalqaro tan olingan mustaqil davlatlardan faqat Vatikan va qisman tan olingan Falastin, Sahroi Arab Demokratik Respublikasi (Gʻarbiy Sahroi Kabir), Xitoy Respublikasi (Tayvan), Abxaziya, Janubiy Osetiya, Kosovo, Shimoliy Kipr BMT tarkibiga kirmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolari safini toʻldirish uchun faqat Vatikanning real imkoniyati bor. Gʻarbiy Sahroi Kabir va Falastin kelajakda tashkilotga aʼzo boʻlish huquqiga ega va BMT doirasida ular ustidan hech kimning suvereniteti Bosh Assambleyaning dekolonizatsiya deklaratsiyasiga muvofiq tan olinmaydi. Biroq BMTga aʼzo boʻlish imkoniyati bu hududlarning maqomi aniqlanmaguncha va xalqaro kelishuvga erishilgunga qadar qoldirildi (Marokash Gʻarbiy Sahroi Kabirning qirgʻoq qismini, Isroil Falastinning katta qismini nazorat qiladi).