„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Buyuk xizmatlari uchun" nishoni — Oʻzbekiston oliy davlat mukofoti. 1996-yil 29-avgustdagi № 251-I sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida taʼsis etilgan. 2003-yilda nishon tavsifiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Buyuk xizmatlari uchun | |||
---|---|---|---|
| |||
Asl nomi | BUYUK XIZMATLARI UCHUN | ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | ||
Holati | topshiriladi | ||
Statistika | |||
Koʻrsatkichlari |
Ogʻirligi — 65 g. Diametri — 57 m. Balandligi — 7 mm. | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 29-avgust | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | Jaloliddin Manguberdi ordeni | ||
Kenja mukofot | El-yurt hurmati ordeni | ||
Bu orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda Oʻzbekistonning halqaro obroʻsini oshirishga qara tilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qoʻshganligi uchun taqdirlanadilar. Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) qumushdan tayyorlanadi va 8 qirrali musamman koʻrinishida boʻlib, uning qirralari yoqut rangda tayyorlangan. Ordenning qalinligi 8 mm, ogʻirligi 65 g.