Foydalanuvchi:Panpanchik/Tabriz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tabriz (forscha: تبریز)[lower-alpha 1] — Eronning shimoli-gʻarbida joylashgan Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Tabriz tumaniga qarashli shahar. Mazkur shahar Eronda aholi soni bo'yicha oltinchi yirik shahardir.
Tabriz forscha: تبریز | |
---|---|
City | |
Mamlakat | [[Iran]] |
[[Region]] | [[3]] |
[[Province]] | [[East Azerbaijan]] |
County | Tabriz |
Hukumat | |
• Mayor | Yaghoub Houshyar |
Maydon | 325 km2 (125 mi²) |
Markazi balandligi | 1351.4 m |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
Telefon kodi | 041 |
Pochta indeks(lar)i | 51368 |
Tabriz Eronning tarixiy Ozarbayjon viloyatidagi Quru daryosi vodiysida[1], Sahand va Eynali togʻlaridagi vulqon konuslarining uzun tizmalari orasida joylashgan. Tabrizning dengiz sathidan balandligi 1,350 and 1,600 m (4,430 and 5,250 ft) gacha yetadi. Vodiy Urmiya ko'lining sharqiy qirg'oqlarigacha pasayib, tekislikka aylib boradi. U g'arbga tomon 60 km (37 mi) gacha cho'zilgan. Shahar 2015-yil oktyabr oyida Butunjahon hunarmandlar kengashi[2] tomonidan Jahon gilam toʻqish shahri va Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan 2018-yilning namunali sayyohlik shahri sifatida etirof etilgan[3][4].
Aholisi 1,7 milliondan ortiq (2016) bo'lgan[5] Tabriz shahri, Eronning shimoli-gʻarbiy qismidagi eng yirik iqtisodiy markaz va metropoliten hisoblanadi. Aholisi ikki tilli boʻlib, koʻpchilik ona tili sifatida ozarbayjon tilida, ikkinchi til sifatida esa fors tilida soʻzlashadi[6]. Tabriz avtomobilsozlik, mexanizmlar, neftni qayta ishlash zavodlari, neft-kimyo, toʻqimachilik va sement ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi yirik ogʻir sanoat markazi hisoblanadi[7]. Shahar oʻzining hunarmandchiligi, jumladan, qoʻlda toʻqilgan gilam va zargarlik buyumlari bilan mashhur. Mahalliy qandolat mahsulotlari, shokolad, quritilgan yong'oqlar va an'anaviy Tabriziy taomlari butun Eronda eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingan. Eronning shimoli-g'arbiy qismidagi eng mashhur madaniy muassasalar ham ayni Tabriz hududida joylashgan bo'lib, shahar intellektual faoliyat markazi hisoblanadi.
Tabrizda ko'plab tarixiy obidalar mavjud bo'lib, ular Eronning uzoq tarixi davomidagi me'moriy o'tish davrini o'zida ifodalaydi. Tabrizning saqlanib qolgan tarixiy hududlarining aksariyati Ilxoniylar, Safaviylar va Qojarlar davriga tegishli[8][9]. Bu manzilgohlar orasida Tabrizning katta bozori ham bor, u Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan[10][11]. Ilk yangi davrdan boshlab, Tabriz uchta qo'shni mintaqalarning (Kavkaz, Sharqiy Anadolu va Markaziy Eron) rivojlanishi va iqtisodiyotida muhim rol o'ynagan[12]. Zamonaviy davrda, shahar Eron tarixida muhim ahamiyat kasb etgan. Mamlakatning Yevropaga eng yaqin markazi bo'lganligi uchun ham, Eronda erta modernizatsiyaning ko‘p jihatlari Tabrizda boshlangan[12]. 19-asrning birinchi yarmidagi ikki rus-fors urushidan keyin Qajarlar sulolasining Kavkaz hududlari Imperator Rossiyasiga majburan berilgunga qadar, Tabriz oʻzining Kavkaz hududlari ustidan Eron hukmronligini amalda ushlab turgan. 1925-yilgacha shahar Qajar toj knyazlarining an'anaviy qarorgohi bo'lgan.