Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (fransuzcha: Institut national de la statistique et des études économiques: qisqartmasi INSEE (fransuzcha talaffuzi: [inse])) Fransiya milliy statistika byurosidir. Bu byuro Fransiya iqtisodiyoti va uning aholisi haqida maʼlumot toʻplaydi va vaqti-vaqti bilan aholini roʻyxatga olishni amalga oshiradi. Bosh shtab-kvartirasi Parij janubidagi Montrouge kommunasida joylashgan. INSEE 1946-yilda Vishi rejimining „Milliy statistika servisi“ vorisi oʻlaroq tashkil etilgan. U Institut national d'études démographiques (INED) bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.