La Vieille mayog'i
From Wikipedia, the free encyclopedia
La Vieille mayog'i[1] (frans. Phare de la Vieille) — Finistere (Fransiya) departamentidagi mayoq. U uzoq vaqtdan beri navigatsiya uchun o'ta xavfli hisoblangan Ras-de-Seyn bo'g'ozida, dengizda sathidan ko'rinib turgan qoya ustida joylashgan. U poydevorda kengaygan to'rtburchaklar minora shakliga ega; balandligi - 26,9 m Qurilish 1882-yildan 1887-yilgacha amalga oshirilgan.
La-Vielle mayog'i | |
---|---|
Phare de la Vieille (2018) | |
Joylashuv | Fransiya Plogof |
Balandligi | 26.9 metr |
Qurila boshlagan | 1882-yil |
Qurilish tamomlangan | 1887-yil |
Xarita |
1926-yilda bo'ronli ob-havo tufayli mayoq qo'riqchilari Mandoliniva Ferracci uzoq vaqt davomida materikdan uzilib qolgan. 1995-yilda mayoq avtomatik rejimga o'tdi va qo'riqchilar lavozimi bekor qilindi. 21-asrda La Vieille mayoqchasi aktiv xolatda (280 metr janubi-g'arbda joylashgan La Plate mayog'i bilan birga). 2015-yildan beri u Fransiyaning tarixiy yodgorligi maqomiga ega. La Vieille mayog'i Fransiya adabiyoti va kinosida paydo bo'lgan va fransuz pochta markalarida bir necha bor tasvirlangan.