Misr va Suriyadagi fransuz kampaniyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Misr va Suriyadagi fransuz kampaniyasi (1798-1801) — Fransiyaning Birinchi konsuli Napoleon Bonapartning Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan Misr va Suriyadagi yurishi boʻlib, u fransuz savdo manfaatlarini himoya qilish, mintaqada fransuz korxonalari qurish va u yerdagi madaniy hayotni tadqiq qilish, Hindistonga boradigan eng qisqa dengiz yoʻllarini aniqlash va u yerda inglizlar hukmronligiga chek qoʻyish maqsadida tashkil qilingan. Kampaniya 1798-yilgi Oʻrtayer dengizi yurishining asosiy qismi boʻlib, oʻz ichiga Malta va Krit orollarini zabt etish, Iskandariya portini ishgʻol etish vazifalarini olgandi. Kampaniya Napoleonning magʻlubiyati bilan yakunlandi, bu esa fransuz qoʻshinlarining mintaqadan olib chiqilishiga sabab boʻldi.
Fransuzlarning Misr va Suriyadagi kampaniyasi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
O'rtayer dengizi yurishi | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Misr, Buyuk Britaniya, Usmoniylar imperiyasi | Fransiya | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Salim III Mustafo Posho Yusuf Posho Muhammad Ali Posho Abdulloh Posho Murod Bey Goratsio Nelson |
Napoleon Bonapart Jan Kleber Tomas Dyuma Jak Menou Jan Lannes Lui Desaix Ioaxim Myurat Rene Savari | ||||||
Kuchlar | |||||||
noma'lum | 40 000 askar, 10 000 matros |
Ilmiy jabhada ekspeditsiya oxir-oqibat misrshunoslik sohasini yaratib, Rozett bitiktoshining kashf etilishiga olib keldi.