Olympiastadion (Berlin)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Olimpiastadion (nemischa talaffuzi: [oˈlʏmpi̯aˌʃtaːdi̯ɔn]) — Germaniya, Berlindagi Olympiapark Berlindagi sport stadioni. U dastlab Verner Mart tomonidan 1936- yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun qurilgan. Olimpiada paytida rekord darajadagi tashrif 100 000 dan oshiq edi. Bugungi kunda stadion Olympiapark Berlinning bir qismidir.
2004-yildagi rekonstruksiyadan buyon Olimpiastdion doimiy sigʻimi 74 475 oʻringa ega va Germaniyadagi xalqaro futbol oʻyinlari uchun eng katta stadion hisoblanadi. Olimpiya stadioni UEFAning toʻrtinchi toifali stadioni boʻlib, sport va koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish uchun dunyodagi eng nufuzli maskanlardan biridir.
Yengil atletika stadioni sifatida foydalanishdan tashqari, arenada futbol anʼanalari shakllangan. 1963- yildan beri u Herta BSCning uyi boʻlib kelgan. U 1974- yilgi FIFA Jahon chempionatida uchta oʻyinga mezbonlik qilgan. U 2006- yilgi FIFA Jahon kubogi uchun qayta taʼmirlangan, oʻshanda u oltita oʻyinni, shu jumladan finalni ham oʻtkazgan. DFB-Pokal final oʻyini har yili ushbu stadionda oʻtkaziladi. Berlin Olimpiya stadioni 2011- yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati hamda 2015- yilgi UEFA Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan.