Orol
From Wikipedia, the free encyclopedia
So'zning ma'nosi
- Ushbu maqola orol so'zining ma'nosi hamda etimologiyasi haqidadir. Shu nomli dengiz uchun Orol dengizi maqolasiga qarang.
“Hamma tomoni okean, dengiz, daryo yoki ko‘l suvi bilan o‘ralgan quruqlik tilimizda “orol” so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘z qadimgi “Irq bitigi”da aral shaklida qayd etilgan. O‘zbek tilining etimologik lug‘atida izohlanishicha, qadimgi tilimizda ar degan fe’l bo‘lgan va “ayirish”, “ajratib qo‘yish” degan ma’nolarni anglatgan. “Orol” so‘zi shu “ar” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Chunki orol suvdan ayrilib, ajralib turadi. Yana ba’zi manbalarda esa orol so‘zi “oraliq” ma’nosini anglatuvchi “ora” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, degan faraz ham ilgari suriladi. Mahmud Koshg‘ariyda “ora” so‘zi ara shaklida kelgan: kishi ara kirdim – odamlar orasiga kirdim.
Eshqobil Shukur "Boboso'z izidan" kitobidan
Geografik jihatdan izoh
Orol suv bilan oʻralgan subkontinental yer boʻlagidir. Orollar okean, dengiz, koʻl, daryolarda boʻladi. Geografik yoki geologik aloqador orollar guruhiga arxipelag deyiladi. Qitʼalardan tashqarida joylashgan orol okeanik orol deyiladi. Shuningdek sunʼiy orollar ham mavjud.