Qolip
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qolip — 1) amaliy sanʼatda — bezak naqshni quyib (terib), bosib yasash uchun ishlatiladigan maxsus shakldagi moslama; andaza. Oʻyma gulli Q. ip matoga gul bosishda ishlatiladi; jez quyishda ishlatiladigan yogʻoch yoki ganch shakl; zargarning ziynat buyumlar yuzasida bezak yaratishda qoʻllaydigan gul Q., gʻisht Q. — xom gʻisht quyadigan yogʻoch moslama; ganch bezak quyishda, koshin parchinlardan terib tayyorlanadigan bezak. Q. zargarlik, pichoqchilik, doʻppidoʻzlik, poyabzalchilik, chitgarlik va boshqalarda ishlatiladi; 2) buyumlarga shakl yoki ishlov berish uchun foydalaniladigan moslama. Metallar va plastmassalardan quyib yoki boshqa materiallar (mas, yogʻoch) dan kesib yasaladi. Tayyorlanadigan asbob yoki buyumlar turiga koʻra shakli va oʻlchamlari turlicha boʻladi. Qozon, gʻisht, tish Q.lari va boshqa bor; 3) quymachilik korxonalarida plastmassa va metall quyish uchun ishlatiladigan moslama. Undan bir yoki koʻp marta foydalanish mumkin. Q. kvars qumi, bentonit, loy, metall va boshqalardan tayyorlanadi.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |