Qorabuloq (Sayram tumani)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qorabuloq qishlogʻi (qozoqcha: Қарабұлақ, Qarabūlaq) — Turkiston viloyati Sayram tumanining eng katta qishloqlaridan biri[5]. Aholisi soni 45 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni — 11 134 ga. Viloyat markazi sanalmish Turkiston shahridan 200 km uzoqlikda va tuman markazi Oqsuvkent qishlogʻidan 18 km uzoqlikda joylashgan.
Qorabuloq Қарабұлақ | |
---|---|
Qishloq | |
42°31′37″N 69°48′23″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Viloyat | Turkiston viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Sayram tumani |
Hukumat | |
• Akim | Komiljon Abdilahatov |
Asos solingan | 1925 |
Maydon | 109 km2 (42 kv mi) |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | Qozoqcha |
Aholisi (2023) |
55 540 [1] |
Zichligi | 5 211 kishi/km2 |
Milliy tarkib | Oʻzbeklar — 99% gacha[2] |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 725 31[3] |
Pochta indeks(lar)i | 160804[4] |
Avtomobil kodi | X-(eskisi), 13-(yangisi) |
Qadimda Qorabuloq hududi deganda sharqdan Mashat oʻzani, Gʻarbdan Oqtan-oga-Oqsuv, shimoldan Tuyatosh oʻzanidan to janubdagi Isfijob (Sayram) yaqinidagi Tassay oʻzanigacha oraliqdagi yerlar tushunilgan. Qorabuloq — Isfijobning shimoli-sharqidagi eng katta kent. Katta Buyuk Ipak yoʻlidagi gavjum, mashhur hududda boʻlgan.
Oqsuv (Boyzo) daryosi Sagʻanoqdan oqqan, Karvon yoʻli Isfijobdan chiqib, Oqsuavlot (Xanjuk) tepasida Kultepa, Shoʻrtepa, Qulon, (Qaynarboshi) orqali Taraz, Xitoyga, Qorasuv boʻylab Begjaota, Xonqoʻrgʻon, Oqmasjid orqali Oʻtrorga borgan. Domotdix yuqorisida Oqsulot, Xanjuk, Shoʻrtepa oʻrnida Sharob, Qaynarboshida Kulonkent, Begjaota hududida Oqqoʻrgʻon, Madaniyda Xonqoʻrgʻon, Koʻlkent, Oqsaroy kabi kichik shahar va koʻpgina qishloqlar boʻlgan. 10 ta joyda avliyo, 7 ta joyda katta bozor, karvonsaroylar oʻrinlari saqlangan.
Qorabuloq tarixda Xitoylik, Turonlik, Eronlik va slavyan savdogarlari uchrashadigan markaziy gavjum hudud boʻlgan. Kir, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur[6], Qoraxon, Oʻgʻuzxon kabi jahongirlar Qorabuloq joylashgan hududda boʻlishgan.