Taekvondo 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
From Wikipedia, the free encyclopedia
2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida taekvondo boʻyicha musobaqa 2021-yilning 24-27-iyul kunlari „Makuhari Messe“ sport arenasida boʻlib oʻtdi. 128 nafar sportchi sakkizta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordi: 4 ta erkaklar va 4 ta ayollar[1]. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilga qoldirilgan edi[2].