Tank
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tank (inglizcha: tank — sisterna, bak) — zanjirli (gusenitsali) zirhlangan jangovar mashina. Turli nishonlarni yoʻq qilish, ekipajni ishonchli himoyalash, turli xil toʻsiqlardan bemalol oʻtish xususiyatiga ega. Inglizlar 1916-yilda "Marka 1" tanklarini ishlab chiqib, shu yili ularni birinchi marta Somma daryosi boʻyidagi jangda qoʻlladi. Hozir juda takomillashgan turli rusumdagi tanklar ishlab chiqariladi.