UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015
From Wikipedia, the free encyclopedia
UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 UEFA tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan, Yevropaning eng kuchli klublari oʻrtasidagi futbol musobaqasining 60-mavsumi hisoblanadi va musobaqa nomi Yevropa chempion klublari kubogi nomidan UEFA Chempionlar ligasi nomiga oʻzgartirilgandan keyin, ushbu nom ostida oʻtkazilayotgan 23-musobaqa hisoblanadi.
UEFA Chempionlar ligasi logotipi | |
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Sana |
1-iyul – 27-avgust 2014 (oʻtish bosqichi) 16-sentabr 2014 – 6-iyun 2015 (asosiy musobaqa) |
Jamoalar |
32 (guruh bosqichi) 77 (umumiy) (53 ta assotsiatsiyadan) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | ESP Barcelona (5- marta) |
2-oʻrin | ITA Juventus |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 125 |
Gollar soni | 361 (har oʻyinda oʻrtacha 2.89 ta) |
Muxlislar soni | 5 136 695 (har oʻyinda oʻrtacha 41 094 ta) |
Toʻpurar(lar) |
ARG Lionel Messi BRA Neymar POR Cristiano Ronaldo (10tadan gol) |
← 2013–14 2015–16 → |
UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 finali Olmoniyaning Berlin shahridagi Berlin Olimpiya stadionida boʻlib oʻtadi.[1] Real Madrid klubi oʻtgan musobaqa gʻolibi hisoblanadi.
Ushbu mavsumda jamoalar ilk bora UEFAning feyr-pley tartibga solish dasturiga boʻysinishadi.[2] Bundan tashqari, 2013-yilning may oyida UEFA Kongressida Gibraltar Futbol Assotsiatsiyasi UEFAning 54-aʼzosi sifatida qabul qilgandan soʻng, ilk bora Gibraltar davlatidan klub ushbu musobaqada ishtirok etdi.[3] Ular 2013 va 2014-yilgi Gibraltar futbol chempionati gʻolibi Lincoln Red Imps klubi uchun ushbu musobaqada bitta joy ajratishdi.[4][5]
2014-yil 17-iyulda, UEFA favqulodda holatlar hayʼati eʼlon chiqardi, unga koʻra siyosiy notinchlik tufayli Rossiya va Ukraina futbol klublari qurʼa boʻyicha bir biriga qarshi tushmaydigan boʻlishdi.[6] Shuningdek, 2014-yilgi Gʻazo va Isroil majorosi tufayli, Isroil jamoalari uchun har qanday UEFA chempionatlari uchun mezbonlik qilish taqiqlandi.[7] Musobaqaning guruh bosqichi boshidan olingan sariq kartochkalar soni chorak finalgacha amalda boʻladigan boʻldi va yarim finalda bu hisob oʻz kuchini yoʻqotadi.[8] Bundan tashqari, ushbu mavsumda ilk bora oq suyuqlik purkagichdan foydalanildi.[9]