Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofia („Qirollik Sofiya milliy muzeyi sanʼat markazi“; MNCARS)[n. 1]. Ispaniyaning 20-asrdagi sanʼat milliy muzeyi. Muzey rasman 1992-yili 10-sentyabrda ochilgan va u yer Qirolicha Safiya sharafiga nomlangan. Bu muzey Madridda, Atocha poyezdi va metro stansiyalari yaqinida joylashgan.
' Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofia | |
---|---|
Asos solingan sana | 1992-yil 10-sentyabr |
Joylashuvi | Madrid, Ispaniya |
Keluvchilar soni | 1,643,108 (2021)[1] |
Direktor | Pending of selection[2] |
Sayt | museoreinasofia.es |
Muzey asosan Ispan sanʼatiga bagʻishlangan. Muzeyning diqqatga sazovor kollektsiyalari orasida Ispaniyadagi 20-asrning ikki buyuk ustalari Pablo Pikasso va Salvador Dalining ajoyib toʻplamlari mavjud. Muzeydagi eng mashur noyob asar Pikassoning 1937-yilda chizilgan Guernica kartinasi hisoblanadi. Muzey oʻzining keng kolleksiyasi bilan bir qatorda milliy va xalqaro vaqtinchali koʻzmalarining jamlanmasini taqdim qiladi, bu esa uni zamonaviy va zamonaviy sanʼat uchun dunyodagi eng yirik muzeylardan biriga aylantiradi. 2021-yili COVID-19 pandemiyasining cheklovlari tufayli muzey 1,643,108 nafar tashrif buyuruvchilarni oʻziga jalb qildi, bu 2020-yilga qaraganda 32 foiz koʻp, lekin 2019-yilda ancha past. Shuningdek bu muzey 2021-yilda dunyodagi eng koʻp tashrif buyuriladigan sanʼat muzeyilari roʻyxatida sakkizinchi oʻrinni egalladi[3].
Shuningdek, muzey sanʼatga ixtisoslashtirilgan bepul kutubxonaga ham ega. U yerda 100 000 dan ortiq kitoblar, 3 500 dan ortiq ovoz yozuvlari va 1000 ga yaqin videola toʻplami mavjud.