Alice Cooper
From Wikipedia, the free encyclopedia
Alice Cooper (tugʻilgan paytidagi ismi Vincent Furnier; 1948-yil 4-fevralda tugʻilgan) — amerikalik rok qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va karyerasi besh oʻn yillik davom etib kelayotgan musiqachi. Gilyotinalar, elektr stullar, yolgʻondakam qon va boa ilonlari bilan Cooper daxshat filmlari, vodevil, heavy metal va garage rockni birlashtirib rok musiqaning teatrlashtirilgan turini shock rockni yaratadi.[1]
Alice Cooper | |
---|---|
Alice Cooper 2011-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Vincent Damon Furnier 4-fevral, 1948 Detroyt, Michigan, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | Sheryl Cooper |
Janr | Rok, hard rock, heavy metal, shock rock, glem-rok, garage rock |
Amplua | Qoʻshiqchi, aktyor, DJ |
Faoliyat yillari | 1964–bugun |
Veb-sayt | AliceCooper.com |
"Alice Cooper" aslida Vincent Furnier sardorlik qiladigan guruhning nomi edi. 1974-yili Furnier qonunan oʻz ismini Alice Cooperga oʻzgartiradi va yakkahon karyerasini boshlaydi. 1965-yili hali guruh "The Spiders" deb nomlangan paytda ular oʻzligining birinchi singlini chiqaradilar, 1971-yilda esa ular "Love it to Death" albomidan boʻlgan "I'm Eighteen" hiti bilan xalqaro musiqiy sahnani zabt etadilar, muvaffaqiyat 1972-yili "School's Out" bilan davom etadi va Billion Dollar Babies albomi bilan oʻzining tijoriy choʻqqisiga yetadi. Cooperning yakkahon karyerasi 1975-yili Welcome to My Nightmare konseptual albomi bilan boshlanadi. Detroyt garage rocki[2] va glem-rok[3] ildizlaridan kelib chiqib Cooper koʻpgina musiqiy uslublar bilan tajriba oʻtkazadi, ular ichida conceptual rock, hard rock, pop-rok, experimental rock va industrial rock. Ohirgi paytlarda u oʻzining garage rock ildizlariga qaytgan.[4]
Alice Cooper sahna ortida ijtimoiy faol va tili oʻtkir kishidir, The Rolling Stone Album Guide uni dunyoning eng "sevimli" heavy metal artisti deya taʼrif berdi.[5] U heavy metal musiqasi va koʻrinishini shakllantirishga yordam berdi. Shuningdek, u 1960-yillarning ohirida teatrrallashtirilgan rock/pop konsertlar qoʻyishni boshlab bergan eng birinchilardandir. Musiqadan tashqari Cooper aktyor, restoranchi va 2004-yildan boshlab oʻzining "Nights with Alice Cooper" (Alice Cooper bilan tunlar) va "Breakfast with Alice" (Alice bilan nonushta) klassik rock dasturlari bilan faoliyat yurituvchi radio DJ.