An Lushan
From Wikipedia, the free encyclopedia
An Lushan yoki An Lu-shan[2] (xitoycha:安祿山; pinyin : Ān Lùshān ; 1-oyning 20-kuni[3] 703-yil 19-fevral[4] — 757-yil 29-yanvar[5]) Tan sulolasi generali hamda An Lushan qoʻzgʻoloni boshligʻi sifatida tanilgan.
An Lushan | |
---|---|
Aloushan yoki Yaloushan, Rovshan | |
Yan imperatori | |
Yan imperiyasi imperatori | |
Mansab davri 756-yil 5-fevral[1] – 757-yil 29-yanvar | |
Gubernator | 742-yildan 756-yilgacha |
Vitse-gubernator | 736-yildan 742-yilgacha |
Oʻtmishdoshi | Imperator Syuantszun |
Vorisi | Shi Siming |
Armiya zobiti | |
Mansab davri 736-yil – 740-yil | |
Bosh vazir | Li Linfu |
Hukmdor | Imperator Syuantszun |
Pinglu armiyasi Bingmashisi | |
Mansab davri 740-yil – 742-yil | |
Bosh vazir | Li Linfu |
Hukmdor | Imperator Syuantszun |
Gubernator | |
Mansab davri 742-yil – 756-yil | |
Bosh vazir | Li Linfu 753-yildan Yang Guazhong |
Hukmdor | Imperator Syuantszun |
Imperator | |
Mansab davri 756-yil – 757-yil | |
Bosh vazir | Shi Siming |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Aloushan yoki Yaloushan 703-yil 19-fevral |
Vafoti |
757-yil 29-yanvar Luoyang saroyi |
Oʻlim sababi | suiqasd |
Millati | soʻgʻd turki |
Turmush oʻrtogʻi | Kang xonim, Duan xonim |
Bolalari | An Qingzong, An Qingxu, An Qingzhang, An Qingxe, An Qingʻen |
Onasi | Ashide xonim |
Otasi | An Yanyan |
Qarindoshlari | An Sishun |
Unvoni | General |
An Lushan asli soʻgʻdiy va koʻkturk boʻlgan[6][7][8][9][10][11] va keyinroq asrab olingan[12]. U shimoli-sharqiy Tan chegarasini xitanlardan va boshqa tahdidlardan himoya qilish orqali harbiy mavqeini oshirdi. U bir necha bor Tan poytaxti Changʻanga chaqirilgan va bosh vazir Li Linfu va Tan imperatori Syuantszunning hurmatini qozonishga muvaffaq boʻlgan. Bu An Lushanga Xitoyning shimoli-sharqida muhim harbiy kuch toʻplash imkonini berdi. Li Linfu vafotidan keyin uning raqibi general Geshu Xan va vazir Yang Guozxong bilan imeriya ichida harbiy qarama-qarshilik yuzaga keldi.
An Lushan 8 — 9 yillik tayyorgarlikdan soʻng[13] 755-yilda[14] An Lushan qoʻzgʻolonini boshladi va oʻzini yangi sulola Yan sulolasi hukmdori deb eʼlon qildi.