Apple Vision Pro
From Wikipedia, the free encyclopedia
Apple Vision Pro – Apple Inc tomonidan ishlab chiqilgan real vaqt rejimida jismoniy va raqamli ob’ektlar birgalikda mavjud boʻlgan, oʻzaro taʼsir qiladigan yangi muhit hamda vizualizatsiya yaratish uchun real va virtual olamlarning birlashishi xususiyatli virtual realik koʻzoynagi. Qurilma ilk marta 2023-yilning 5-iyunda Appleʼning Butunjahon dasturchilar konferensiyasida keng ommaga taqdim qilingan. Virtual reallik koʻzoynaklariga oldindan buyurtmalar berish 2024-yilning 19-yanvardanoq boshlab yuborildi. 2024-yilning 2-fevralda Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻylab sotuvga chiqarila boshlandi[1]. Apple Vision Pro sotuvlari AQSHdan boshqa mamlakatlarda sotilishi halihali rejalashtirilmagan. Vision Pro 2015-yilda Apple Watch chiqqandan beri Apple kompaniyasining birinchi yangi yirik mahsulot toifasidir[2]. Qurilma oʻz tipidagi, yaʼni virtual reallik koʻzoynaklarga nisbatan inqilobiy boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda koʻplab texnik blogerlar mahsulotni sinab koʻrgan holda aytib oʻtishgan.
Apple Vision Pro qurilmasi va uning batareyasi | |
Ishlab chiqaruvchi | Apple Inc. |
---|---|
Mahsulot oilasi | Vertual reallik ko'zoynaklari |
Chiqarilgan sanasi | 2-fevral, 2024-yil(2024-02-02) |
Operatsion tizimi | visionOS |
Xotirasi | 256gb, 512gb, 1tb |
Saqlash joyi | 16gb |
Vebsayt | misol.org |
Apple Vision Pro raqamli mediani real dunyo bilan birlashtirilgan qurulma sifatida sotuvga chiqarildi, hamda kompaniya tomonida „Fazoviy kompyuter“ deb ataldi. Harakat imo-ishoralari, koʻzni kuzatish va nutqni aniqlash kabi jismoniy maʼlumotlardan tizim bilan oʻzaro ishlashda foydalanish mumkin[3].
Qurilma visionOS[4], 3D foydalanuvchi interfeysi yordamida iOS tizimi sosida ishlab chiqilgan aralash reallik operatsion tizimida ishlaydi. Qurulma ichiga oʻrnatilgan kichik kameralar tomonidan olingan maʼlumotlar orqali foydalanuvchi va uning atrofida suzuvchi maʼlumotlarni aks ettiradi hmada koʻp vazifalarni qoʻllab-quvvatlaydi[5]. Foydalanuvchining yuzini skanerlash orqali yaratilgan avatarlarni (rasmiy nomi „Personas“) boshqa harqanday vertual xolatlarda aks ettiradi va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchi yuzi sifatida chop etadi. Quloqchinlarning old tomonidagi ekranda avatarning koʻzlari tasviri („EyeSight“) aks etadi, bu foydalanuvchining atrofdagilarni aniqlik darajasini kamaytiradi yoki mutloq ularni koʻrsatmaydi va muloqotda yordam berish uchun ishlatiladi[6].