Avstraliya tarixi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Avstraliya taxminan 50 000 yil oldin inson yashagan, uning tub aholisining qoldiqlari avstraliyalik aborigenlar hisoblanadi. Avstraliyaning hujjatlashtirilgan tarixi XVII asrning boshlarida yevropaliklar tomonidan kashf qilinishi bilan boshlandi.
Yevropaning Avstraliya qirgʻoqlariga birinchi boʻlib gollandiyalik Villem Yanszon tqadam bosgan va kashf etgan.Hujjatlashtirish ishlarii 1606-yilda sodir boʻlgan. Undan tashqari, XVII asrda yana 29 gollandiyalik dengizchilar qitʼaning gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlarini oʻrganib, unga " Yangi Gollandiya " nomini berishdi.
Buyuk Britaniya kemalarining birinchi floti 1788-yil yanvar oyida Botnik koʻrfaziga keldi va u yerda mahkumlar koloniyasini tashkil qildi. Keyingi asrda inglizlar qitʼada boshqa koloniyalarni oʻrnatdilar va yevropalik tadqiqotchilar Avstraliyani chuqur oʻrganishdi. Bu davrda avstraliyalik aborigenlar paydo boʻlgan kasalliklar tufayli jiddiy zaiflashdi va ularning soni, shu jumladan mustamlakachilar bilan toʻqnashuvlar paytida kamayib ketdi.
Qishloq xoʻjaligi gullab-yashnadi, oltin shov-shuvlari davri boshlandi. XIX asrning oʻrtalariga kelib Britaniyaning barcha olti mustamlakasida demokratik parlamentlar tuzildi. 1901-yilda referendum boʻlib oʻtdi, unda koloniyalar federatsiya tuzish uchun ovoz berishdi. Shu paytdan boshlab Avstraliyaning davlat sifatidagi tarixi boshlandi. Avstraliya ikkala jahon urushida ham Britaniya tomonida jang qilgan va Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi tahdididan buyon Amerika Qoʻshma Shtatlarning uzoq muddatli ittifoqchisi boʻlgan. Osiyo bilan savdo aloqalari kuchaydi va urushdan keyingi immigratsiya dasturi barcha qitʼalardan 6,5 milliondan ortiq muhojirni jalb qildi. Urushdan keyin 200 dan ortiq mamlakatdan kelgan muhojirlar oqimi 2014-yilga kelib aholi sonini 23 million kishiga koʻpaytirishga imkon berdi. Shu jumladan, Avstraliya iqtisodiyoti dunyoda eng kuchli iqtisodiyotlardan biri boʻlib, dunyoda 12-oʻrinni egallaydi[1].