Chaldiron jangi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Chaldiron jangi (turkcha: Çaldıran Savaşı; 1514-yil 23-avgust) — Usmonlilarning Safaviylar ustidan qozongan hal qiluvchi gʻalabasi bilan yakunlangan jang[9][10]. Jang natijasida Usmonlilar Sharqiy Onadoʻli va Shimoliy Iroq hududlarini Safaviylardan tortib olishgan. Gʻalaba Sharqiy Onadoʻliga (Gʻarbiy Armaniston) dastlabki Usmonlilar bosqinining boshlanishi boʻlgan. Shuningdek, ushbu jang natijasida Safaviylarning gʻarbga tomon bosqini toʻxtatilgan[11]. Chaldiron jangi 41 yillik halokatli urushning boshlanishi edi. U 1555-yilda Amasiya shartnomasi bilan yakunlangan. Mesopotamiya va Sharqiy Onadoʻli (Gʻarbiy Armaniston) Shoh Abbos I (1588—1629) davrida Safaviylar tomonidan qayta bosib olingan boʻlsada, 1639-yilgi Zuhob sulhiga koʻra, Usmonlilar qoʻliga butunlay oʻtgan[12].
Chaldiron jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Usmonli—Safaviy urushlari | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Usmonli imperiyasi | Safaviylar davlati | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Sulton Salim I Hasan Posho †[2] Hadım Sinan Posho |
Shoh Ismoil I Abdulboqiy Yazdiy † Husayn Bek Shamlu † Saru Pira Ustajlu † Durmish Xob Shamlu Nur-Ali Xalifa Muhammad Xon Ustajlu † Sayyid Sharifiddin Ali Sheroziy † Sayid Sadriddin | ||||||
Kuchlar | |||||||
60,000[3] yoki 100,000[4][5] 100-150 toʻp[6] yoki 200 toʻp va 100 oʻqotar qurollar[2] |
40,000[7][5] yoki 55,000[8] yoki 80,000[4] | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Ogʻir yoʻqotishlar | Ogʻir yoʻqotishlar | ||||||
Usmonlilar jang maydonida 60000—100000 kishilik yaxshi qurollangan armiya hamda koʻplab ogʻir artilleriya qurollariga ega boʻlsa, Safaviylar qoʻshini 40000—80000 kishini tashkil etgan va shu bilan birga ularning ixtiyorida ogʻir artilleriya boʻlmagan. Safaviylar hukmdori Ismoil I jangda yaralanib, asirga tushishiga sal qolgan. Uning zavjalari Usmonli hukmdori Salim I tomonidan asirga olingan[13]. Bir nafari Salimning davlat arboblaridan biriga xotinlikka berilgan[14]. Ismoil bu magʻlubiyatdan keyin hukumat boshqaruvini[15] tark etadi va boshqa hech qachon harbiy yurishlarda qatnashmadi[11]. Gʻalabadan soʻng Usmonlilar Safaviylarga qarshi harbiy yurish maydonini kengaytirgan. Safaviylar poytaxti Tabrizni qisqa muddat bosib olishgan. Davlat xazinasini butunlay talon-toroj qilishgan[16][17].