Golodomor
1932-1933 yillarda KPSS(b) rahbariyati va SSSR hukumati tomonidan ukrain xalqining genotsidi, sun'iy ommaviy ocharchilikni tashkil etish / From Wikipedia, the free encyclopedia
Golodomor (Inglizcha Holodomor, Ukrain tilida Голодомо́р) Sovet ittifoqi tomonidan sunʼiy ravishda olib borilgan ocharchilik siyosati. Hozirgi Qirim, Rossiya va Ukrainaga qarashli Kuban oʻlkasida amalga oshirilgan bu siyosat natijasida 8 millionga yaqin inson ocharchilikdan halok boʻladi. Sovet davriga oid hujjatlarning arxivdan ochilmasligi sababli bu boradagi aniq sonlarni bilishning imkoni yoʻq. Shunga qaramay mutaxassislar oʻsha davrdagi Ukraina aholisining 4/1 qismi ocharchilikdan halok boʻlganini taxmin qilishadi.[1]
Golodomorning kelib chiqishiga sabab Sovet ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy va siyosiy xatolar hisoblanadi.[2] Koperativ (umumiy mulk)tarzdagi qishloq xoʻjaligiga oʻtishdan bosh tortgan ukrainalik dehqonlar yerga ishlov berishdan bosh tortishadi. Bu „Anti-Kolxoz“ jaroyonining yiriklashib ketishi yaxshi oqibatlarga olib bormasligini tushunib turgan Sovet rahbarlari oʻziga xos yangi yoʻl ishlab chiqishadi. Unga koʻra bu „yechim“ boshqa hududlarga ham ibrat boʻlishi kerak edi. Ochlikning eng yuqori pallasiga chiqqan vaqtida ham Sovet ittifoqi 1932-yilda 1,7 million tonna, 1933-yilda esa 1,84 million tonna gʻalla eksport qiladi.[3] Mamlakatda vujudga kelgan ochlarchilikdan odamlarning qochishiga qarshilik koʻrsatilib, ularning ochlikdan oʻlishlariga qoʻyib beriladi. Sovet davlati senzurani qoʻllash orqali bu holatni dunyodan yashirishga harakat qiladi.