Haydar Aliyev xalqaro aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Haydar Aliyev xalqaro aeroporti (ozarbayjoncha: Heydar Aliyev adına Beynəlxalq Hava Limanı) (IATA : GYD, ICAO : UBBB) Ozarbayjondagi yetti xalqaro aeroportdan biri. Ilgari u Boku aglomeratsiyasidagi hududlardan biri Bina nomi bilan Bina xalqaro aeroporti deb atalgan. 2004-yil 10-martda aeroport Ozarbayjonning sobiq prezidenti Haydar Aliyev sharafiga qayta nomlandi. Aeroport Ozarbayjon poytaxti Bokudan 20 kilometr shimoli-sharqda joylashgan boʻlib, shahar bilan avtomagistral orqali bogʻlangan. Aeroport milliy aviatashuvchi Ozarbayjon Havo Yoʻllari hamda Azal Avia Cargo, Buta Airways va Silk Way West Airlines uchun hab boʻlib xizmat qiladi.
Haydar Aliyev xalqaro aeroporti ozarbayjoncha: Heydar Aliyev adına Beynəlxalq Hava Limanı | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: GYD – ICAO kodi: UBBB | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | fuqarolik | ||
Egasi | Ozarbayjon hukumati | ||
Operator | Azerbaijan Airlines | ||
Xizmat doirasi | Boku | ||
Joylashuvi | Ozarbayjon, Boku | ||
Ochilgan | 1933[1] | ||
Havo yoʻli tuguni | * Azerbaijan Airlines
| ||
Dengiz sathidan balandligi | 3 m / 10 ft | ||
Koordinatalari | 40°28′03″N 050°02′48″E G O | ||
Vebsayti | airport.az | ||
Xarita | |||
Aeroportning Ozarbayjon xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
16/34 | 13,107 | 3,995[2] | Asfalt/beton |
17/35 | 10,499 | 3,200 | Asfalt/beton |
Maʻlumotlar (2019) | |||
Yoʻlovchilar oqimi | 4,730,000 | ||
Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi | 7,0% | ||
Manba: www.airportbaku.com,
Aeronavtika axborot nashri Ozarbayjon[3], ACIning 2014-yilgi Jahon aeroportlari harakati toʻgʻrisidagi hisoboti |