Italiya Vazirlar Kengashi raisi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Italiya Vazirlar Kengashi raisi (italyancha: Presidente del Consiglio dei Ministri) — Italiya Respublikasi hukumati rahbari.
Italiya Vazirlar Kengashi raisi | |
Presidente del Consiglio dei Ministri della Repubblica Italiana | |
Mamlakat: | Italiya |
Taʼsis etilgan sanasi: | 17-mart 1861-yil |
Amaldagi shaxs: | Giorgia Meloni |
Tayinlanadi: | 22-oktabr 2022-yil |
Qarorgohi: | Italiya |
Vakolat muddati: | muddatsiz |
Sayt: | governo.it/en/ |
Bu lavozimga rasmiy ravishda mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi. Lekin aslida Vazirlar Kengashi raisi parlamentning vakili hisoblanadi.
Vazirlar Kengashining raisi hukumat faoliyatiga rahbarlik qiluvchi shaxs hisoblanadi. U amalda mamlakat rahbari va davlat va hukumat rahbarlarining yigʻilishlarida vakilik qiladi. Shuningdek, u Vazirlar Kengashi raisi hukumat aʼzolari roʻyxatini Prezidentga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Vazirlar Kengashining raisi prezident tomonidan imzolangan barcha qonunlarga oʻz imzosini qoʻyadi.
Italiyada Vazirlar Kengashi raisi lavozimining zaifligi shundaki, u oʻz holicha vazirlarni lavozimidan ozod qila olmaydi. Bu maʼlum darajada hukumat rahbarlarining tez-tez almashinuviga olib keladi. 1945-yildan 1953-yilgacha Vazirlar Kengashining raisi lavozimni egallagan Alcide de Gasperi rasman sakkiz marta hukumatni boshqargan. 2014-yil 22-fevralda Matteo Renzi mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi[1]. Shunday qilib, u Italiya tarixidagi eng yosh Vazirlar Kengashi raisi boʻldi[2]. Italiya Respublikasi tashkil etilishidan oldin, bu lavozim Italiya Qirolligi Vazirlar Kengashining Prezidenti (Presidente del Consiglio dei ministri del Regno d’Italia) deb atalgan[3]. 1925-yildan 1943-yilgacha fashistik tuzum davrida bu lavozim fashizm gersogi Benito Mussolini tomonidan boshqarilgan. 1943-yilda qirol Viktor Emmanuel III Mussolinini lavozimidan chetlatdi. 1943-yilda marshal Pietro Badoglio bosh vazir boʻlishi bilan bu lavozim qayta tiklandi[4]. Alcide De Gasperi 1946-yilda Italiya Respublikasining birinchi bosh vaziri boʻldi. Bosh vazir Vazirlar Kengashining prezidenti boʻlib, ijro hokimiyatini oʻz zimmasiga olgan. Amalda bosh vazir mamlakatning siyosiy yetakchisi va ijroiya rahbari hisoblanadi. Giorgia Meloni 2022-yil 22-oktyabrdan beri amaldagi bosh vazir edi.