![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bf/MosObl_ZIA_Airport_asv2018-08_img2.jpg/640px-MosObl_ZIA_Airport_asv2018-08_img2.jpg&w=640&q=50)
Jukovskiy xalqaro aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jukovskiy xalqaro aeroporti (ruscha: Международный аэропорт Жуко́вский) (IATA: ZIA[2], ICAO: UUBW) — Rossiyaning Moskva viloyatidagi federal[3] ahamiyatga ega xalqaro aeroport. U M. M. Gromov nomidagi Sinovchi-uchuvchilar instituti Ramenskoye eksperimental aerodromida joylashgan. Aeroport Jukovskiy shahrining Narkomvod tumani hududida, Yeseninskaya temir yoʻl platformasidan 3 km janubi-gʻarbda, Moskva markazidan 36 km uzoqlikda joylashgan. Bu Moskva aviatsiya markazining bir qismidir, lekin (Vnukovo, Sheremetyevo va Domodedovodan farqli oʻlaroq) rasmiy ravishda Moskvadagi aeroport sanalmaydi va IATA maʼlumotlar bazasida Jukovskiydagi xususiy aeroport sifatida roʻyxatga olingan.
Qisqa faktlar Jukovskiy Жуковский, Qisqacha bayon ...
Jukovskiy Жуковский | |||
---|---|---|---|
![]() | |||
![]() | |||
IATA kodi: ZIA[1] – ICAO kodi: UUBW – Joylashuv identifikatori: РНУ | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Operator | Ramport Aero | ||
Xizmat doirasi | Moskva | ||
Joylashuvi | Jukovskiy, Rossiya | ||
Markazi | |||
Dengiz sathidan balandligi | 123 m / 404 ft | ||
Koordinatalari | 55°33′12″N 038°9′6″E | ||
Vebsayti | zia.aero | ||
Xarita | |||
Aeroportning Rossiya xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
12/30 | 4 600 | 15 100 | Beton |
Maʻlumotlar (2018) | |||
Yoʻlovchilar soni | 1,161,633 | ||
Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi 17-18 | ![]() | ||
Yopish