Kale
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kale — Fransiyaning shimoliy qismidagi shahar. Pade-Kale departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 76 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllariga ega. Pade-Kale boʻgʻozidagi port hisoblanadi. Kaledan dengiz yoʻli orqali Buyuk Britaniyaga yoʻlovchilar tashiladi. Mashinasozlik, kimyo, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Qadimdan toʻr (krujeva) toʻqiladi, kashta tikiladi. Shaharga IX-X asrlarda asos solingan. XIII asrdan boshlab Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. XIV-XVI asrlarda shahar inglizlar qoʻl ostida boʻlgan[1].
Qisqa faktlar Joylashuv, Vebsayt ...
Kale | |
---|---|
Joylashuv | Fransiya |
Vebsayt | City; Port |
Xarita | |
Koordinatalari | 50°56′51″N 1°51′20″E G O |
Yopish