Kavaii
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kavaii (yaponcha: かわいい, 可愛い?, 'yoqimli', 'yoqimtoy', 'suyukli', yoki 'chiroyli')[1] — Yaponiyada yoqimtoylik madaniyati[2][3][4]. Bu madaniyat maftunkorlik, zaiflik, uyatchanlik va bolalarga xos boʻlgan qiliqlarni oʻz ichiga oladi[2]. Masalan, chiroyli qoʻlyozma, manganing maʼlum janrlari, anime hamda Pokémon animatsiyasi qahramoni Pikachu va Hello Kitty qahramonlariga nisbatan ishlatiladi[5][6].
Yoqimtoylik madaniyati yoki kavaii estetikasi mashhur Yapon madaniyati, oʻyin-kulgilari, kiyim-kechaklari, taomlari, oʻyinchoqlari, shaxsiy koʻrinishi va xulq-atvorining muhim jihatiga aylandi[7].