Mihna
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mihna (arabcha: , Miḥnat khalaq al-Qurʾān „Qurʼon yaratilishi [toʻgʻrisida] sinov“) 833-yilda Abbosiylar xalifasi Maʼmun davrida boshlangan diniy taʼqiblar davri. Bu davrda diniy ulamolarning qarashlari moʻtazila taʼlimotiga mos kelmasa, jazolangan, qamoqqa olingan yoki baʼzan oʻldirilgan. Bu siyosatga oʻn sakkiz yil (833—851) davomida amal qilingan. Maʼmunning vorislari Muʼtasim va Vosiq va Mutavakkil (toʻrt yil amal qilgan) hukmronligi davrida ham bu siyosat davom etgan. Faqat xalifa Mutavakkil davriga kelib, 851-yilda mihna siyosati bekor qilingan[1][2].
Mihnaning bekor qilinishi Abbosiylar xalifasining diniy ortodoks masalalarni hal qilish daʼvosining tugashi sifatida ham, oʻrta asrlarda musulmon birodarlar oʻrtasida kam uchragan diniy taʼqiblar holatlaridan biri sifatida ham ahamiyatlidir[3].