Muntasir
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abu Jaʼfar Muhammad (arabcha: ; 837-yil noyabr — 862-yil 7-iyun), hukmronlik nomi Muntasir billoh (المنتصر بالله, „Gʻalabasini Alloh qoʻllagan“) nomi bilan mashhur, 861-yildan 862-yilgacha, Samarradagi anarxiya davrida hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifaligi xalifasi. Muntasir va ukasi Muʼtazz oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurash turli guruhlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, turkiy liderlar Muntasirning otasi Mutavakkilni oʻldirishga tayyorgarlik koʻrishi bilan kurash ham avjiga chiqqan. 861-yilgi suiqasddan so‘ng Muntasir turkiylar ko‘magi bilan xalifalikni o‘z zimmasiga olgan.
Muntasir billoh المنتصر بالله | |||||
---|---|---|---|---|---|
Xalifa Moʻminlar amiri | |||||
862-yil Samarrada zarb etilgan Muntasir dirhami | |||||
Abbosiylar xalifaligining 11-xalifasi | |||||
Saltanat | 861-yil 11-dekabr — 862-yil 7-iyun | ||||
Oʻtmishdoshi | Mutavakkil | ||||
Davomchisi | Mustaʼin | ||||
Tugʻilishi |
837-yil noyabr Samarra, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
862-yil 7-iyun (24 yoshda) Samarra, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy | |||||
Farzandlari | Jaʼfar | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | Mutavakkil | ||||
Onasi | Hubshiya | ||||
Dini | Sunniylik (Islom) |
Uning atigi olti oy davom etgan hukmronligi davrida siyosatda oʻzgarishlar yuz bergan. Jumladan, Ali xonadoniga nisbatan maʼqulroq pozitsiya joriy qilinib, Hasan va Husayn qabrlarini ziyorat qilish taqiqlari bekor qilingan. Muntasir general Vosif at-Turkiy boshchiligida vizantiyaliklarga qarshi harbiy harakatlar olib borgan. Biroq 862-yil iyunda xalifaning toʻsatdan vafot etishi davlat rahbarining rahbarning oʻzgarishiga olib kelib, Mustaʼin xalifa etib tayinlangan. Harbiy yurish qisqa muddat davom etgan. Vosif hukumatdagi oʻzgarishlar tufayli Samarraga qaytishdan biroz oldin muvaffaqiyatga erishgan.