Samarradagi anarxiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Samarradagi anarxiya (arabcha: ) Abbosiylar xalifaligi tarixida 861-yildan 870-yilgacha boʻlgan ichki beqarorlik davri boʻlib, kuchli raqib harbiy guruhlar qoʻlida qoʻgʻirchoqqa aylangan toʻrt xalifaning zoʻravonlik davri bilan ajralib turadi.
Abbosiylar xalifaligi اَلْخِلَافَةُ ٱلْعَبَّاسِيَّةُ
| |
---|---|
861–870 | |
Poytaxt | Samarra |
Rasmiy til(lar) | Arab |
Din | Islom |
Hukumat | Xalifalik |
Xalifa | |
• 861—862 |
Muntasir |
• 862—866 |
Mustaʼin |
• 866—869 |
Muʼtazz |
• 869—870 |
Muhtadiy |
Tarix | |
• Mutavakkilning suiqasd natijasida oʻldirilishi bilan Samarradagi anarxiya boshlandi. |
861 |
• Muhtadiyning taxtdan agʻdarilishi va oʻldirilishi. |
870 |
Atama xalifalik hukumatining oʻsha paytdagi poytaxti va qarorgohi boʻlgan Samarradan olingan. „Anarxiya“ 861-yilda xalifa Mutavakkilning turk qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirilishi bilan boshlangan. Uning vorisi Muntasir olti oy hukmronlik qilib, ehtimol turk harbiy boshliqlari tomonidan zaharlab, oʻldirilgan. Undan keyin taxtga Mustaʼin chiqqan. Turk armiyasi rahbariyati ichidagi boʻlinishlar Mustainga 865-yilda baʼzi turk rahbarlar (Kichik Bugʻa va Vosif) hamda [Shurta|mirshab]]lar boshligʻi va Bagʻdod gubernatori Muhammad koʻmagida Bagʻdodga qochish imkonini berdi. Qolgan turk qoʻshini Muʼtazni yangi xalifalikka tanladi va Bagʻdodni qamal qilib, 866-yilda shaharni taslim boʻlishga majbur qildi. Mustaʼin surgun qilinib, qatl qilindi. Muʼtazz qobiliyatli va gʻayratli boʻlib, harbiy boshliqlarni nazorat qilishga, harbiylarni fuqarolik boshqaruvidan chetlashtirishga harakat qilgan. Xalifaning siyosatiga qarshilik koʻrsatildi. 869-yil iyulida taxtdan agʻdarilib, oʻldirildi. Keyingi xalifa Muhtadiy ham xalifaning hokimiyatini mustahkamlamoqchi bo‘ldi. Biroq 870-yil iyunida o‘ldirildi. Muhtadiyning vafoti va Muʼtamidning taxtga chiqishi bilan Muʼtamidning ukasi va regenti Muvaffaq bilan chambarchas bogʻliq Muso ibn Bugʻo atrofidagi turk guruhi xalifalik saroyida hukmronlik oʻrnatib, „anarxiya“ga barham berdi.
Garchi Abbosiylar xalifaligi keyingi oʻn yilliklarda kamtarona tiklanishni boshdan kechirgan boʻlsa-da, „Samarradagi anarxiya“ musibatlari Abbosiylar markaziy hukumati tuzilmalari va obroʻsiga katta hamda doimiy zarar yetkazib, xalifalik viloyatlarida boʻlinish va isyonkorlik tendensiyalarini ham ragʻbatlantirdi va bunga koʻmaklashdi.