Oktoberfest
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oktoberfest Nemischa talaffuzi ɔkˈtoːbɐˌfɛst – pivo festivali va sayohat karnavalni oʻz ichiga olgan eng katta Volksfest boʻlib hisoblanadi. U har yili Myunxenda va Bavariyada sentyabr oyining oʻrtalari yoki oxiridan boʻshlab oktyabr oyining birinchi yakshanbasiga qadar oʻtkaziladi, tadbirda olti milliondan ortiq xalqaro va mahalliy tashrif buyuruvchilar ishtirok etadi. Mahalliy xalq uni yarmarka maydonlarining oʻgʻzaki tilidagi nomi "Theresienwiese" sharafiga d'Wiesn deb ataydi. Oktoberfest festivali Bavariya madaniyatining muhim qismi hisoblanib, bu festival u 1810-yildan buyon oʻtkaziladi. Bugungi kunda, dunyo boʻylab boshqa shaharlarda ham Oktoberfest bayramlari oʻtkaziladi.
Oktoberfest | |
---|---|
Nishonlovchilar | Munich, Bavariya |
Turi | Festival |
Nishonlanishi | Paradlar, ovqat, musiqa, ichimlik |
Bogʻliqligi | Oktoberfest bayramlari |
Tadbir davomida katta miqdorda Oktoberfest pivosi isteʼmol qilinadi, jumladan 2014-yilda 7,7 million litr (2,000,000 AQSH gal) taqdim etilgan [1][2]. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar koʻplab attraksionlardan, atab aytganda, koʻngilochar sayrlardan va har xil oʻyinlardan bahramand boʻlishadi. Bundan tashqari, anʼanaviy taomlarning keng assortimenti ham mavjud.
Oktoberfest dastlab oktyabr oyining birinchi yakshanbasiga qadar boʻlgan 16 kun boʻlib oʻtgan. 1994-yilda bu uzoq vaqtdan beri davom etgan jadval Germaniyaning qayta birlashishi munosabati bilan oʻzgartirilgan. Natijada, agar oktyabr oyining birinchi yakshanbasi 1-oktyabr yoki 2-oktyabrga toʻgʻri kelsa, u holda festival 3-oktyabrgacha (Germaniya birligi kuni) davom etadi. Shunday qilib, festival endi birinchi yakshanba 2-oktyabr boʻlsa 17 kun va 1-oktyabr boʻlsa 18 kun davom etadi. 2010-yilda festival ikki yuz yillik yubileyini nishonlash uchun oktyabr oyining birinchi dushanbasiga (4 -ktyabr) qadar davom etgan.