Palov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Palov, osh ( «dimlangan guruch»[1]; qozoqcha: палау; qirgʻizcha: палоо, аш; qrmtat. ; tojikcha: оши палов; tatarcha: pılaw, пылау; turkcha: pilav; turkm. ; uygʻurcha: ) — asosan turkiy va eroniy xalqlar, shuningdek Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom.
Turi | Asosiy taomlar |
---|---|
Kelib chiqishi |
|
Asosiy komponentlari | guruch |
Boshqa komponentlari | goʻsht (qoʻy goʻshti, tovuq goʻshti), sabzi, oʻsimlik moyi, piyoz, quruq mevalar |
Oʻxshashlari | Biryani, Paelya, Rizotto |
Retsepti | Palov |
Masalligʻi va tayyorlanish uslubi boʻyicha xilma-xil turlarga boʻlinadi va har bir mamlakatda oʻzgacha tarzda tayyorlanadi. Taom asosini guruch tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yogʻ, goʻsht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlar ishlatiladi. Palov tayyorlanish va tarqalish boʻyicha asosan Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ommabop hisoblanadi. Jumladan, Oʻzbekistonda oʻzbekcha palov oʻzbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, toʻy-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib isteʼmol qilinmoqda.