Qasoskorlar (film)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qasoskorlar (inglizcha: The Avengers) – 2012-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh superqahramonlik filmi; Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranshizasidagi oltinchi film. Gʻoyasi Marvel Comics komikslaridagi ayni nomdagi superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios studiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Joss Whedon rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Tom Hiddleston, Stellan Skarsgård, Samuel L. Jackson kabi aktyorlar ijro etgan.
Qasoskorlar | |
---|---|
The Avengers | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Joss Whedon |
Prodyuser(lar) | Kevin Feige |
Ssenariynavis(lar) | Joss Whedon |
Hikoya |
|
Qaysi asarga asoslangan |
Qasoskorlar –Stan Lee, Jack Kirby |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Alan Silvestri |
Kinematografiya | Seamus McGarvey |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | Marvel Studios |
Distribyutor |
Walt Disney Studios Motion Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 143 daqiqa[1] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $220–225 million[2][3] |
Daromadi | $1,519 milliard[4] |
Keyingi film | Qasoskorlar: Ultron davri |
Film premyerasi 2012-yilning 11-aprelida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $1,5 milliard ishlab topib, oʻsha vaqtda tarixdagi uchinchi eng kassabop filmga, 2012-yilning esa eng kassabop filmiga aylangan. Film sikvellari Qasoskorlar: Ultron davri, Qasoskorlar: Cheksizlik jangi, Qasoskorlar: Intiho mos ravishda 2015-, 2018- va 2019-yilda chiqarilgan.