Qizil dengiz inqirozi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qizil dengiz inqirozi[1][2] hozirgi kunda ham davom etayotgan harbiy qarama-qarshilik. 2023-yil 19-oktabrda Yamandagi Eron tarafidan qoʻllab-quvvatlangan husiylar harakati Isroilga raketa va uchuvchisiz uchoqlar hujumini tashkil qilganda boshlangan. Husiylar Yaman qirgʻoqlari yaqinida suzib yurgan yuk kemalariga bir necha marta hujum qilishgan. Isroil bilan bogʻliq har qanday transport vositasini nishon deb olgan[3][4][5]. Ammo baʼzi Isroil bilan aniq aloqasi boʻlmagan bir nechta kemalar ham Husiylar tarafidan hujumga uchragan[6]. Husiylar Isroil Hamasga qarshi urushini toʻxtatmaguncha ular ham toʻxtamasliklari haqida aytgan[7][8]. Qizil dengizdagi inqiroz Qoʻshma Shtatlar va Eron oʻrtasidagi proksi urushining bir qismi deb hisoblashimiz mumkin[9].
Qizil dengiz inqirozi | |||||
---|---|---|---|---|---|
Isroil-Hamas urushi, Eron-Isroil mojarosi, Eron-AQSh mojarosi va Yaman inqirozining bir qismi. | |||||
Yaman qirgʻoqlarida husiylar harakati xaritasi: Husiylar hukmidagi Yaman hududi Yaman hukumati Husiylar hujumlari (qizil) va zoʻravonlik boʻlgan hududlar (havorang) | |||||
| |||||
Raqiblar | |||||
Oliy siyosiy kengash | Isroil | ||||
Qoʻmondonlar | |||||
Abdulmalik al-Husiy
Muhammad al-Atifi |
Benjamin Netanyahu Isaac Herzog | ||||
Kuchlar | |||||
Yaman harbiy kuchlari | Dengiz va quruqlik kuchlari | ||||
Yoʻqotishlar | |||||
32 ta oʻlim 8 ta yarador 14 ta asirga tushganlar |
2 ta dengiz guruhi yoʻqotildi 2 ta MQ-9 yoʻqotildi |
Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatiga qarshi harakat qilgan husiylar harakati jangarilari 2014-yildan beri Qizil dengiz boʻyidagi mamlakat qirgʻoqboʻyi hududining katta qismini nazorat qilib kelyapti. Fuqarolar urushi keng koʻlamli ichki koʻchishlarga va neft eksportining blokadasiga olib keldi. Shuningdek Yamanda 2016-yilda boshlangan ocharchilikka ham olib kelgan, bu dunyodagi eng yomon ocharchiliklardan biri boʻldi[10][11].
Husiy jangarilari Qizil dengizdagi Suvaysh kanalida turli mamlakatlarning savdo kemalarini ham oʻqqa tutgan. Husiylarning hujumlaridan qochib yuzlab savdo kemalari Janubiy Afrika orqali aylanib oʻtishgan[12].
Husiylarning Qizil dengizdagi jangari harakatlariga bir qator davlatlar harbiy javob bergan. Qizil dengizdagi yuk tashish yoʻllarini himoya qilish uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari "Prosperity Guardian" operatsiyasini toʻplagan. Bu guruhYamanning husiylar nazoratidagi qismlarini bombardimon qilgan va Qizil dengizdagi jangarilar kemalariga hujum qilgan. Ushbu guruh 12-yanvardan beri Qoʻshma Shtatlar va Buyuk Britaniya koalitsiyaning husiylarga qarshi yurishlariga boshchilik qilmoqda[13].