Ryan White
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ryan White (talaffuzi: Rayan Uayt; 1971-yil 6-dekabr, Kokomo, Indiana, AQSH — 1990-yil 8-aprel, Indianapolis, Indiana, AQSH)[1] — Amerika Qoʻshma Shtatlarida OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) va OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi)ga qarshi kurashda milliy timsolga aylangan amerikalik oʻsmir.
Ryan Wayne White | |
---|---|
Oʻlimidan bir yil oldin, 1989-yil | |
Tavalludi |
6-dekabr 1971-yil |
Vafoti |
8-aprel 1990-yil(1990-04-08) (18 yoshda) Indianapolis, Indiana, |
Fuqaroligi | |
Mashhur ishlari | „Ryan White: My Own Story“ |
Otasi | Hubert Wayne |
Onasi | Jeanne Elaine |
Veb-sayti | ryanwhite.com |
White tugʻma gemofiliya bilan kasallangan hamda asosini donor qoni tashkil etadigan maxsus dorilar olishga majbur boʻlgan, oʻsha preparatlar orqali OIV infeksiyasini yuqtirib olgan. Kasallik Ryan qonida 1984-yil dekabr oyida aniqlangan. Shifokorlarning Ryan maktabda boshqa oʻquvchilarga hech qanday xavf tugʻdirmaydi mazmunidagi kafolatlariga qaramay, Kokomodagi koʻplab ota-onalar va oʻqituvchilar Ryanning bu maktabda tahsil olishiga qarshi chiqishgan[2]. Maktab maʼmuriyati tomonidan koʻrilgan choralar, uzoq davom etgan huquqiy kurash hamda ommaviy axborot vositalarida bu mojaroning yoritilishi natijasida Ryan OITSga qarshi kurashning ramziga aylangan. 1990-yili vafot etguniga qadar Ryan turli ijtimoiy harakatlar va tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan, koʻplab jamoat arboblari bilan uchrashgan va OIV muammosi haqida jamoatchilik fikriga katta taʼsir oʻtkazgan.
Ryan Whitening nomi AQShning OIV bilan kasallangan kambagʻallarga yordam berish uchun tuzilgan federal dasturga berilgan, uning oʻlimidan koʻp oʻtmay bu dastur rasman qabul qilingan va hali ham amalda qoʻllanib kelinadi.