Selena Gomez
Amerikalik qo'shiqchi va aktrisa / From Wikipedia, the free encyclopedia
Selena Marie Gomez (talaffuzi: Selena Mari Gomes; 22-iyul 1992-yilda tugʻilgan)[4] amerikalik aktrisa va qoʻshiqchidir. Gomezning debyut roli Barney & Friends serialidagi Gianna roli boʻldi (2002—2004). Bundan keyin Gomez Uddaburon bolalar 3-D: Oʻyin tugadi (2003) va Walker, Texas Ranger: Trial by Fire (2005) kabi filmlarda kameo rollarni ijro etdi. 2006-yilda Gomez Disney Channelning The Suite Life of Zack & Cody va Hannah Montana seriallarida mehmon yulduz sifatida qatnashdi. Gomez bundan keyin Disney Channelning Wizards of Waverly Place serialida suratga tushdi. Teleserial tanqidiy va tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, Gomezga qator mukofot va nomzodliklarni keltirdi. Gomez keyin Jonas Brothers: Living the Dream (2008) va Disney Channel Games (2008) va boshqa qator Disneyning serial va filmlarida suratga tushdi. 2009-yilda Gomez Princess Protection Program va Wizards of Waverly Place: The Movie filmlarida rollar oʻynadi, Selena Gomez & the Scene guruhi tarkibida Kiss & Tell studiya albomini chiqardi. Albom tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, Billboard oʻnligiga kirdi.
Selena Gomez | |
---|---|
Selena Gomez at White House.jpg Gomez 2023-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Selena Marie Gomez 22-iyul 1992-yil (1992-07-22) (31 yosh) Grand Preriya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Guruh | Selena Gomez & the Scene |
Janr | Pop, dance, pop-rok[1] elektropop,[2] dubstep[3] |
Amplua | Vokal, aktrisa, shoira, kiyimlar dizayneri |
Faoliyat yillari | 2002—hozirgacha |
Veb-sayt | selenagomez.com |
Bundan keyin Gomez birinchi marta Disneydan tashqari Ramona and Beezus filmida suratga tushdi. 2010-yili Selena Gomez & the Scene ikkinchi, A Year Without Rain albomini chiqardi. Albom Billboard beshligiga kirib, ichidagi ikkita singl Top 40 chartga chiqdi. 2011-yilda Gomez pop-musiqachi Justin Bieber bilan munosabatda ekanligi tasdiqlangach, yana omma eʼtiboriga tushdi. Juft media tomonidan „Jelena“ deb ataldi. Gomez oʻsha yili Monte Carlo (2011) va The Muppets (2011) filmlarida ijro etdi. 2011-yilda Selena Gomez & the Scene uchinchi, When the Sun Goes Down albomini chiqardi. Albomdagi „Love You Like a Love Song“ singli hit boʻlib, unga „Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi“ (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan 4× platina unvoni berildi. Shu albomdan keyin Gomez musiqa taʼtiliga chiqishini va aktrisalikka berilishini eʼlon qildi. Keyin u Hotel Transylvania (2012) va Spring Breakers (2013) filmlarida rol oʻynadi, oxirgi filmda Gomez nisbatan ulgʻaygan ayolni tasvirladi.
Gomez musiqa taʼtilini 2012-yil oxirida yakunlab, yangi, Stars Dance solo albomi ustida ish boshlaganini bildirdi. 2013-yil aprelida chiqqan „Come & Get It“ singli Billboard Hot 100 chartining tepa oʻnligiga koʻtarilgan birinchi Selena Gomez ashulasi boʻldi va „Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi“ tomonidan ikki karra platinaga baholandi. Albomning ikkinchi singli, „Slow Down“ 2013-yil iyunida chiqarildi. Butun albom iyulda chiqdi. Musiqa va kinodan tashqari, Gomez yana filantroplik bilan shugʻullanadi: u atrof-muhitni himoyalash xayriya tadbirlarida ishtirok etib turadi.[5]