Singapur milliy universiteti
From Wikipedia, the free encyclopedia
va {{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page
Singapur milliy universiteti (NUS) | |
---|---|
Xalqaro nomi | University of the Balearic Islands |
Asos solingan | 1905 (119 yil avval) (1905) |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Talabalari | 35,908 (2018) |
Bakalavriat | 27,604 (2018) |
Magistratura | 8,304 (2018) |
Manzili | Singapur |
Vebsayti | nus.edu.sg |
Singapur milliy universiteti (inglizcha qisqartmasi: NUS) – Singapurdagi milliy tadqiqot universitetidir. 1905-yilda Federativ Malay shtatlari hukumati tibbiyot maktabi sifatida tashkil etilgan va mamlakatdagi eng qadimgi avtonom universitetdir[1]. U bakalavriat va aspirantura darajasida, jumladan tibbiyot va stomatologiya, dizayn va atrof-muhit, huquq, sanʼat va ijtimoiy fanlar, muhandislik, biznes, hisoblash va musiqa kabi keng koʻlamli fanlar boʻyicha ilmiy dasturlarni taklif etadi. Universitet fakultetlari zamonaviy texnologiya va ilm-fanni yanada rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi, taʼlim va tadqiqotga global yondashuvni taklif qiladi, bunda Osiyo tajribasi va istiqbollariga eʼtibor qaratiladi[2].
Singapur milliy universiteti doimiy ravishda dunyodagi va Osiyodagi eng nufuzli akademik muassasalardan biri sifatida eʼtirof etilgan[3][4]. U doimiy ravishda Jahon universitetlari akademik reytingi, QS World University Rankings va Times Higher Education World University Rankings reytingida dunyoning eng yaxshi 100 ta universitetlari qatoriga kiradi.
Singapur milliy universitetida bitta Nobel mukofoti laureati, bitta Tang mukofoti laureati va bitta Vautrin Lud laureati professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilari faoliyat yurutadi.