Tabas
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tabas (forscha: طبس), ilgari Gulshan nomi bilan ham tanilgan[2] Janubiy Xuroson ustonidagi Tabas tumanining markazi. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 35,150 kishi, 9,903 oiladan iborat boʻlgan.
Tabas طبس | |
---|---|
Shahar | |
33°35′45″N 56°55′28″E G O | |
Mamlakat | Eron |
Aholisi (2016 Census) |
39,676[1] |
Vaqt mintaqasi | UTCIRST |
Tabas Eronning markaziy qismida, Tehrondan 950 kilometr janubi-sharqda, Janubiy Xuroson viloyatida joylashgan. Dastlab u Xuroson viloyati tarkibiga kirdi. Lekin 2001-yilda Yazd viloyatiga qoʻshilgan. Biroq 2013-yilda u Xurosonga qaytarildi va u Janubiy Xuroson viloyati tarkibiga kiritildl. Xurosonda Tabas deb nomlangan yana ikkita joy bor. Ammo Tabas nomi odatda aynan shu shaharga ishora qiladi.
Bu shaharda xurmo va sitrus daraxtlari koʻp. Uning 300 yillik tarixga ega jamoat bogʻi (Bagʻi Gulshan) mavjud. Tabasda har yili minglab ziyoratchilar tashrif buyuradigan ziyoratgoh ham bor. Tabasda 2500 dan 3500 gacha talabasi boʻlgan ikkita universitet bor[3]. Yozi issiq, qishda qor kam yogʻadi.
Tabas aholisi forschaning xorosoniycha talaffuzida soʻzlashadi.