Takasur surasi
Qurʼonning 102-surasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Takasur surasi (arabcha: , nomining maʼnosi — To‘plab ko‘paytirishga berilmoq[8][9]) — Qurʼonning 102-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 600[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 16-boʻlib nozil boʻlgan. Takosur — toʻplab koʻpaytirish ishtiyoqida boʻlmoq demakdir. Surada mol-dunyo toʻplash harakati bilan ovora boʻlib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, yaʼni, hayotdan koʻz yumgach hamda oxiratdagi jazoni muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, oʻsha kuni ato etilgan neʼmatlardan hisobot olinishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
Takasur surasi — سورة التكاثر | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | To‘plab ko‘paytirishga berilmoq[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 600[4] | ||||||||||||
Juz | 30 | ||||||||||||
Sura raqami | 102 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 8 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 1[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 16[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||