Tollund odami
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tollund odami (miloddan avvalgi 405–384 yillarda vafot etgan) – eramizdan avvalgi 5-asrda, Skandinaviyada, Rimgacha boʻlgan temir asri sifatida tavsiflangan davrda yashagan odamning tabiiy ravishda mumiyalangan jasadi hisoblanadi [1]. 1950 yilda Tollund odami Daniyaning Yutlandiya yarim orolidagi Silkeborg yaqinidagi botqoqda tanasi topilgan[2]. Erkakning tashqi tuzilishi shu qadar yaxshi saqlanganki, uni yaqinda sodir boʻlgan qotillik qurboni deb ham taxmin qilishgan. Tollund odamini kashf etilishidan 12 yil oldin xuddi shu botqoqdan boshqa bir inson tanasi, Elling ayoli topilgan [3]. Olimlarning fikriga koʻra, bu odam qatl qilingan jinoyatchi sifatida emas, balki qurbonlik qilingan deb taxmin qilingan, sababi uning tana tuzilishi va shu bilan birgalikda uning koʻzlari va ogʻzi yopiq boʻlganligidir[4].