TransTeleCom
From Wikipedia, the free encyclopedia
TransTeleCom ( TTC ) - Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasi . To'liq nomi - "TransTeleCom kompaniyasi" aktsiyadorlik jamiyati . Bosh qarorgohi Moskvada[1] joylashgan.
Turi | biznes va korxona |
---|---|
Tarmogʻi | Andoza:ISIC |
Egasi | ОАО «Российские железные дороги» |
Qachon asos solingan | 1997 |
Joylashuvi | Andoza:Флагификация: Москва |
Vebsayti | www.ttk.ru |
TTC yirik magistral aloqa operatorlaridan biri va Rossiya Federatsiyasida keng ko`lamli ulanish xizmatlarini ko'rsatuvchi beshta yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi [2]. TTC ning asosiy aktsiyadori kompaniya aksiyalarining 99,99 foiziga egalik qiluvchi Rossiya temir yo'llari hisoblanadi. Kompaniya Rossiyadagi operatorlar va yirik korporatsiyalar uchun magistral aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi asosiy provayderlardan biri, shuningdek, mintaqalarda oxirgi foydalanuvchilar uchun keng ko`lamli Internetga ulanish, televideniye va telefon xizmatlarining provayderlari orasida yetakchilardan biri hisoblanadi. TTC abonent bazasi 1,8 million abonentni tashkil etadi[3].
TTC uzunligi 78 000 km dan va o‘tkazish qobiliyati 4,2 Tbit/s dan ortiq bo‘lgan optik tolali aloqa liniyasidan foydalanadi va xizmat ko‘rsatadi. Transkontinental TTC Eurasia Highway magstrali deyarli barcha qoʻshni davlatlar, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Moʻgʻuliston, Shimoliy Koreya, Finlandiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari va MDH davlatlarining aloqa tarmoqlari bilan bogʻlangan bo`lib Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi eng yaxshi yoʻnalish hisoblanadi[4].
"Kompaniya TransTeleCom" YoAJ 1997-yil, 27-fevralda Rossiya temir yo'llari vazirligining tashabbusi bilan Rossiya temir yo'llari ehtiyojlari uchun magistral raqamli aloqa tarmog'ini qurish maqsadida tashkil etilgan[5].
Uch yil ichida TTC Rossiyaning 71 ta hududidagi 974 ta aholi punktlarini bogʻlovchi temir yoʻllarning toʻgʻri qismida 45 ming km uzunlikdagi optik tolali tarmoqni qurdi. 2001-yil, 13-oktabrda TTC oʻzining magistral tarmogʻidan tijorat faoliyatini rasman boshladi[6].
2002-yilning aprel oyida TTC MPLS va IP tranzit texnologiyasidan foydalangan holda virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) tashkil etish va saqlash bozoriga kirdi. TTC ning birinchi mijozlari orasida "Corbina Telecom" internet provayderi ham bor edi[7] .
2003-yilda kompaniyaning daromadi 2,5 baravarga oshib, 100 million AQSH dollariga, korporativ mijozlar soni esa 1000 taga yetdi[8]. 2003-yilning oktyabr oyida TTC telekommunikatsiya sohasida RBK "Yil kompaniyasi" mukofotiga sazovor bo'ldi[9].
2021-yilning fevral oyida Kompaniya "TransTeleCom kompaniyasi" AJ va "TTC-Aloqa" MChJ qayta tashkil etilishini e'lon qildi. 2021-yil, 26-fevraldan boshlab aloqa xizmatlarini ko'rsatish TransTeleCom kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashgan aloqa operatori "TTC-Aloqa" MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda[10][11] .