Willem-Alexander
From Wikipedia, the free encyclopedia
Willem-Alexander Claus George Ferdinand (ˈʋɪləm aːlɛkˈsɑndər; talaffuzi: Villem-Aleksandr Klaus Jorj Ferdinand; 27-aprel 1967-yil) – 2013-yildan buyon Niderlandlar Qiroli[1].
Willem-Alexander | |
---|---|
Niderlandiya Qiroli | |
Mansab davri 2013-yil 30-martdan | |
Oʻtmishdoshi | Beatrix |
Vorisi | Catharina-Amalia |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
27-aprel 1967-yil (1967-04-27) (57 yosh) Utrext, Niderlandiya |
Imzosi |
Niderlandlar malikasi Beatrix va diplomat Klaus van Amsbergning toʻngʻich farzandi. 1980-yilning 30-aprel kuni mamlakat shahzodasi etib tayinlandi va 2013-yilda Beatrix taxtdan voz kechganidan keyin, uning oʻrnini egalladi. U Gollandiyadagi davlat boshlangʻich va oʻrta maktablariga, Uelsdagi xalqaro kollejiga bordi, Niderlandiya Qirollik dengiz flotida xizmat qildi va Leyden universitetida oʻqidi. 2002-yilda Maxima Zorreguieta Cerruti bilan turmush qurgan va ularning uchta qizi bor: Catarina-Amalia, (2003-yilda tugʻilgan), malika Alexia (2005-yilda tugʻilgan) va malika Ariane (2007-yilda tugʻilgan).
Villem-Alexander sport va xalqaro suv resurslarini boshqarish masalalariga qiziqadi. Taxtga oʻtirguniga qadar u Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzosi (1998–2013)[2], Gollandiya infratuzilma va atrof-muhit vaziri huzuridagi suv masalalari boʻyicha maslahat qoʻmitasi raisi (2004–2013)[3] va Birlashgan Millatlar Tashkilotining suv masalalari boʻyicha muovini (2006–2013) boʻlgan[4].