YG Entertainment
Janubiy Koreya ko'ngilochar kompaniyasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
YG Entertainment Inc. (koreyscha: YG 엔터테인먼트) — 1996-yilda Yang Hyung-suk tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning millatlararo koʻngilochar agentligi[1]. Kompaniya ovoz yozish leybli, isteʼdodlar agentligi, musiqiy prodyuserlik korxonasi, tadbirlarni boshqarish va konsert tashkil qilish kompaniyasi sifatida ishlaydi. Bundan tashqari, shirkat kiyim-kechak liniyasi, golf boshqaruvi agentligi va kosmetika brendini oʻz ichiga olgan alohida ommaviy savdo kompaniyasi „YG Plus“ ostida bir qator shoʻba korxonalarini boshqaradi[2].
Logo 2013-yil mart oyidan beri ishlatiladi | |
Turi | Ommaviy |
---|---|
Tarmogʻi |
|
Qachon asos solingan | 24-fevral, 1996-yil (28 yil avval) (1996-02-24) |
Joylashuvi | 397-5 Hapjeong-dong |
Asoschi(lari) | Yang Hyun-suk |
Daromadi | 266.645 milliard ₩ (2021) |
Operatsion foydasi | 37.316 milliard ₩ (2021) |
Ishchilar soni | 678 (2010-yil) |
Vebsayti | ygfamily.com |
„YG Entertainment“ kompaniyasining hozirgi kundagi ijodkorlari tarkibiga "Sechs Kies", „Big Bang“, „Akdong Musician“, „Winner“, „iKon“, „Blackpink“ va „Treasure“ guruhlari shuningdek aktyor va aktrisalar, jumladan Kang Dong-won, Choi Ji-woo, Cha Seung-won, Li Sung-kyung, Jin Kyung, Jang Ki-yong, Yo In-na, Son Na-in va Yu Seung-ho kiradi. Boshqa bir taniqli ijodkor Jeon Somi „YG Entertainment“ shoʻba korxonasi „The Black Label“ kompaniyasi ostida faoliyat yuritadi.
Sobiq ijodkorlariga Wheesung, Epik High, 1TYM, Gummy, Seven, Minzy, Park Bom, 2NE1, Nam Tae-hyun, Li Jong-suk, Psy, Seungri, B.I, One, CL, Li Hi, Jinusean, Sandara kiradi.