Larry Page
Amerikalik kompyuter olimi va Internet-tadbirkor / From Wikipedia, the free encyclopedia
Lawrence Edward Page (talaffuzi: Lourens Edvard Peyj, 1973-yil 26-martda tugʻilgan) – amerikalik biznesmen, kompyuter muhandisi va internet-tadbirkori, Sergey Brin bilan birga Google asoschisi[1][2][3][4][5].
Larry Page | |
---|---|
Yevropa parlamentida gapirmoqda | |
Tavalludi |
Lawrence Edward Page 26-mart 1973-yil (1973-03-26) (51 yosh) Lansing, Michigan, AQSh |
Fuqaroligi |
|
Taʼlimi |
|
Kasbi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Lucinda Southworth (turm. 2007) |
Bolalari | 2 |
Imzosi | |
1997-yildan 2001-yil avgustigacha va 2011-yilning aprelidan 2015-yilning iyuligacha Google kompaniyasining bosh ijrochi direktori boʻlgan[6]. 2019-yil 4-dekabrgacha oʻzining hammuassisi Brin bilan birga kompaniyadagi barcha rahbarlik lavozimlarini egallagan. Alphabet boshqaruv kengashi aʼzosi va nazorat paketi egasi boʻlib qolgan[7].
2023-yil noyabrdagi Bloomberg milliarderlar indeksiga koʻra, Page 116 milliard dollarga teng boyligi bilan dunyodagi sakkizinchi eng boy odamdir. Shuningdek, Kitty Hawk va Opener uchar avtomobil startaplariga sarmoya kiritgan[8][9].
Page 2004-yilda Brin bilan birga „PageRank“ startapi uchun Markoni mukofotiga sazovor boʻlgan[17][18].