Sergey Brin
Amerikalik milliarder biznesmen (1973-yilda tug'ilgan) / From Wikipedia, the free encyclopedia
Sergey Mixaylovich Brin (ruscha: Сергей Михайлович Брин; 1973-yil 21-avgustda tugʻilgan) – Google kompaniyasiga Larry Page bilan birgalikda asos solgan amerikalik tadbirkor. Brin 2019-yil 3-dekabrgacha Alphabet Inc prezidenti boʻlgan[3]. Page Alphabet shirkatida hammuassis, nazorat qiluvchi aksiyador va boshqaruv kengashi aʼzosi sifatida qolmoqda. Brin Bloomberg milliarderlar indeksining 2023-yil dekabrdagi tahliliga koʻra, 114 milliard dollarga teng boyligi bilan dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida 10-oʻrinni egalladi[4].
Sergey Brin | |
---|---|
Brin 2010-yilgi TED anjumanida | |
Tavalludi |
Sergey Mixaylovich Brin 21-avgust 1973-yil (1973-08-21) (50 yosh) |
Fuqaroligi | AQSh[1][2] |
Taʼlimi |
|
Kasbi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 3ta |
Otasi | Mixail (Moshe) Brin |
Onasi | Yevgeniya Brin |
Imzosi | |
Brin olti yoshligida oilasi Sovet Ittifoqidan AQShga koʻchib kelgan. U bakalavr darajasini Merilend universitetida oldi va otasining izidan borib, kompyuter muhandisligini oʻrgandi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, u kompyuter fanlari boʻyicha doktorlik darajasini olish uchun Stenford universitetiga oʻqishga kirdi. Universitetda Larry Page bilan tanishgan va birgalikda veb-qidiruv tizimini yaratgan. Dastur Stenfordda mashhur boʻldi va ular Menlo Parkdagi Susan Wojcickining garajida Googleni ishga tushirishgan[5]. Buning uchun doktorlik ishidan voz kechishga majbur boʻlishgan.