Al-Mutazid
From Wikipedia, the free encyclopedia
Al-Mutazid (toʻliq ismi: Abul Abbos Ahmad ibn Talha al-Muvaffaq, qisqartirib Abul Abbos deyilgan; arabcha: ; 857 — 902-yil 5-aprel)[1] — Abbosiylar xalifaligi xalifasi. 892-yildan 902-yilgacha (vafotiga qadar) xalifalik qilgan.
al-Mutazid billoh المعتضد بالله | |
---|---|
Xalifa Moʻminlar amiri | |
Al-Muʼtadidning oltin dinori. Hijriy 285-yil (milodiy 892/3-y.y.) | |
Abbosiylar xalifaligining 16-xalifasi | |
Saltanat | 892-yil 15-oktabr — 902-yil 15-aprel |
Oʻtmishdoshi | Al-Muʼtamid |
Davomchisi | Al-Muktafiy |
Tugʻilishi |
tax. 857 Abbosiylar Samarrasi, Abbosiylar xalifaligi |
Vafoti |
902-yil 5-aprel Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi |
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod |
Turmush oʻrtogʻi | Qatr al-Nada |
Farzandlari |
|
Sulola | Abbosiylar |
Otasi | Al-Muvaffaq |
Onasi | Dirar |
Dini | Sunniy islom |
Al-Mutazid xalifa al-Muʼtamid davrida Abbosiylar davlatining regenti va boshqaruvchisi boʻlgan al-Muvaffaqning oʻgʻlidir. Al-Mutazid yoshlik chogʻlarida turli harbiy yurishlarda, xususan, Zanjilar qoʻzgʻolonini bostirilishida otasining xizmatida boʻlgani uning kelajagida muhim rol oʻynagan. 891-yil iyun oyida al-Muvaffaq vafot etgach, al-Mutazid regent etib tayinlangan. 892-yil oktyabr oyida al-Muʼtamid vafot etgach, al-Mutazid amakivachchasi va merosxoʻr al-Muvaffidni chetlab oʻtib, taxtga oʻtirgan. Otasi kabi al-Mutazidning qudrati bevosita qoʻshin bilan munosabatlariga bogʻliq boʻlgan. Munosabatlar dastlab Zanjga qarshi harbiy yurish davrida soxtalashtirilsa-da, lekin shaxsan xalifaning oʻzi boshqargan keyingi harbiy harakatlarda yanada mustahkamlangan. Al-Mutazid Abbosiy xalifalar ichida eng faol harbiy yurishlar qilgan xalifa hisoblanadi. Xalifa oʻz kuch-gʻayrati va qobiliyati bilan Abbosiylar davlati bir necha oʻn yilliklarda davom etgan notinchliklar sabab yoʻqotgan qudrati va hududning bir qismini qayta tiklashga muvaffaq boʻlgan.
Bir qator yurishlarda Jazira, Tugʻur va Jibal viloyatlarini qoʻlga kiritib, sharqda Safforiylar, gʻarbda Tuluniylar bilan yaqinlashgan. Ushbu muvafaqqiyatlar xalifalik hukmronligini nominal boʻlsa-da tan olinishini taʼminlagan. Davlat iqtisodining asosiy qismini qoʻshinni saqlash uchun yoʻnaltirish evaziga harbiy muvaffaqqiyatlarga erishgan. Bu esa markaziy fiskal byurokratiyaning kengayishiga va hokimiyat tepasiga qadar koʻtarilishiga olib kelib, xalifaning obroʻsiga doimiy hissa qoʻshgan.
Al-Mutazid jinoyatchilarni jazolashda shafqatsizligi bilan mashhur boʻlgan. Keyingi yilnomachilar uning qiynoqlardan keng va mohirona foydalanganini qayd etganlar. Mutazid hukmronligi davrida poytaxt Bagʻdodga koʻchirilib, shaharda doimiy ravishda yirik qurilish ishlari amalga oshirilgan. U anʼanaviy sunniylikning qatʼiy tarafdori boʻlsa-da, Alilar bilan ham yaxshi munosabatlarni saqlab qola olgan. Tabiiy fanlarga qiziqish bildirib, olimlarga xalifa homiyligini tiklagan.
Muvaffaqiyatlarga qaramay, al-Mutazidning hukmronligi oxir-oqibat xalifalik taqdirini yaxshi tomonga oʻzgartirish uchun juda qisqalik qilgan. U boshchilik qilgan tiklanish jarayoni davlat boshqaruvida qobiliyatli shaxslarning mavjudligiga ham bogʻliq edi. Xalifaning qobiliyatsiz oʻgʻli va merosxoʻri al-Muktafiyning qisqa muddatli hukmronligi davrida ham baʼzi katta yutuqlarga erishilgan. Xususan, Tuluniylar mulki qoʻshib olingan, ammo keyingi vorislari davrida mamlakat zaiflashib, qarmatiyaliklar kabi yangi dushmanlar paydo boʻlgan. Bundan tashqari, al-Mutazid hukmronligining keyingi yillarida yaqqol namoyon boʻlgan byurokratiya ichidagi firqachilik abbosiylar hukumatini bir necha oʻn yillar davomida zaiflashtirib, oxir-oqibat xalifalikning bir qator harbiy kuchlar oʻrtasida taqsimlanishiga olib kelgan. Tarqoqliklar natijasida 946-yilda Buvayhiylar Bagʻdodni bosib olishgan.