Muzqaymoq
muzlatilgan desert / From Wikipedia, the free encyclopedia
Muzqaymoq — tuxum, qaymoq yoki turli mevalardan tayyorlanadigan yaxna shirinlik. Muzqaymoq uchun dastlab asosiy masalliq birikmasini tayyorlash va birikmani muzlatish jarayoni talab etiladi. Qaymoqli muzqaymoq uchun tuxum yoki tuxum sarigʻi shakar bilan qorishtirib iylanadi, shakari erigach, issiq sut quyiladi va chil-choʻp bilan betoʻxtov aylantirib turiladi. Idishda yaxshi aralashgan quyuq massa hosil boʻladi. Unga vanilin qoʻshiladi, soʻngra qolip idishlarga quyilib, sovitib, muzlatiladi. 1 kg muzqaymoq olish uchun masalliqlar (g hisobida): sut 600, qaymoq 75, shakar 250, vanilin 0,1, tuxum 3 dona. Mevali muzqaymoq uchun meva kaynatib pishiriladi, soʻngra sim elakdan oʻtkazilib, pyure tayyorlanadi. Qaynoq suvda shakar eritiladi. Masalliklar sovigach, pyure bilan qiyom aralashtiriladi va qoliplarga solib muzlatiladi. 1 kg muzqaymoq uchun 200 g meva (qulupnay, mandarin va boshqalar), 325 g shakar, 1 g limon kislotasi kerak boʻladi.[1]